
Argentina terma jamoasi forvardi Lionel Messi hamon jahon chempionatida g‘olib chiqishdan umidini uzmayapti.
“Men har doim jahon chempionati kubogini boshim uzra ko‘tarishni orzu qilaman. Qachonki shu orzuim haqida o‘ylasam badanim titrab ketadi. Bu millionlab argentinaliklarni quvonchiga sabab bo‘lar edi. Shuning uchun ham biz bu orzuimizdan aslo voz kechmaymiz.
Men ko‘plab yirik musobaqalarda g‘olib bo‘ldim, ammo eng kattasi hali oldinda. Jahon chempioni bo‘lmay terma jamoadan ketishni istamayman”, - deydi Messi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar