17:55 / 25.06.2018
4 733

Argentinalik murabbiy Messini terma jamoadan haydash kerakligini aytdi

Argentinalik murabbiy Messini terma jamoadan haydash kerakligini aytdi
Argentinalik murabbiyi Rikardo Karuso Lombardi terma jamoa yetakchisi Lionel Messining jahon chempionatida ko‘rsatayotgan o‘yinlari haqida gapirib o‘tdi.

“Messi 7 ta murabbiyning boshini yedi. Bu safar Sampaoliga bosim qilish uchun atayin yomon o‘yin ko‘rsatayotgan bo‘lishi ham mumkin. Messini terma jamoadan xaydash kerak.

Lionel har doim terma jamoada yaqin do‘stlari birga o‘ynashini istaydi, eng zo‘r futbolchilar emas”, - deydi Lombardi.

Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi JCh-2018ning dastlabki ikki turida bor yo‘g‘i 1 ochko to‘plashdi va endi ular pley-offga chiqishlari uchun so‘nggi turda Nigeriyani mag‘lubiyatga uchratishlari shart.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Argentinalik murabbiy Messini terma jamoadan haydash kerakligini aytdi