date
views 2 381

Nigeriya murabbiyi: "Argentinaga sovg‘a qilish niyatida emasmiz, Messini juda ham yaxshi ko‘rsak ham"

Нигерия мураббийи: "Аргентинага совға қилиш ниятида эмасмиз, Мессини жуда ҳам яхши кўрсак ҳам"
Nigeriya terma jamoasi bosh murabbiyi Gernot Ror JCh-2018 guruh bosqichida Argentina bilan uchrashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Messini hamma yaxshi ko‘radi, uning o‘yinidan barcha: men ham va mening jamoam ham bahra oladi. Lekin gap bu yerda uning so‘nggi o‘yinida emas, gap pley-off bosqichiga chiqishimiz lozim. Futbolda rahm va achinish degan narsa yo‘q. Biz shu futbolchini juda ham yaxshi ko‘rsak ham unga sovg‘a qilish istagida emasmiz. Biz Argentinaning Islandiya, Xorvatiya bilan o‘yinlarini ko‘rdik: ular yaxshi ishlashdi, unga ko‘p vaziyatlarda omad yetishmadi, masalan darvozabon penaltini qaytarib qoldi.

Argentina bizga qarshi o‘yinda bosim ostida o‘ynashi bizga ko‘mak berishi mumkin. Zero muhim o‘yinlarda ba’zi futbolchilar xatoga yo‘l qo‘ygan. Hamma ham keyingi bosqichga chiqishni istaydi. Xorvatiyaga qarshi o‘yin olididan ham aytgan edik: ularda tajriba bor, biz esa juda ham yoshmiz. Biroq o‘yinda bu asosiy jihat emas. Jismoniy tayyorgarlik, tashkiliy ishlar, tartib-intizom – aynan shular natijani taqdim qiladi», - deydi Rora.

Manba: www.uff.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nigeriya murabbiyi: "Argentinaga sovg‘a qilish niyatida emasmiz, Messini juda ham yaxshi ko‘rsak ham"