date
views 3 322

Bu «sarob» emas: Messi «Ronaldu» bilan qo‘shni bo‘ldi

Bu «sarob» emas: Messi «Ronaldu» bilan qo‘shni bo‘ldi
Foto: «RIA Novosti»
Argentinaliklar nigeriyaliklarni 2:1 hisobida yutib jahon chempionatining pley-off bosqichiga chiqqanini xabar bergandik. Endi Qozon shahridagi yashil maydonda 30 iyun kuni kechadigan 1/8 finalda «Kumush yurt» vakillari Fransiya terma jamoasi bilan to‘qnashadi. Qozonga kelgan argentinaliklar portugal futbol yulduzi Ronalduning graffiti usulida chizilgan surati shundoqqina ko‘rinib turgan mehmonxonaga joylashishadi, deb yozmoqda «Xabar» nashri.

Qozonda mehmon jamoalarni joylashtirish uchun ikki mehmonxona — «Ramada» va «Miraj» litsenziyaga ega. Pley-offni avvalroq kafolatlab qo‘ygan fransuzlar «Miraj»ni band etib bo‘lishdi, argentinaliklarda esa Ronalduning ulkan portreti ko‘rinib turgan «Ramada»ni tanlashdan boshqa tanlov imkoniyati yo‘q.

Xabar berilishicha, «Ramada» hovlisidagi Ronalduning graffiti surati 2017 yilda, Konfederatsiyalar kubogi paytida chizilgan bo‘lib, hanuz saqlanib turibdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bu «sarob» emas: Messi «Ronaldu» bilan qo‘shni bo‘ldi