O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 2018 yilning 18 avgustidan 2 sentyabrga qadar Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan yozgi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Turkiyaning Kartepe shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda.
O‘FA rasmiy sayti bergan xabarga ko‘ra, yig‘in davomida Ravshan Haydarov shogirdlari Ummon olimpiya terma jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
O‘yin davomida to‘liq ustunlik o‘zbekistonlik futbolchilar tomonida bo‘ldi va yakunda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Ummonni 3-0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Terma jamoamiz tarkibida gollarni Aziz Turg‘unboyev, Zabihillo O‘rinboyev hamda Jasur Yaxshiboyevlar kiritishdi. Olimpiya terma jamoamiz Ummon OTJga qarshi o‘yinni quyidagi tarkibda o‘tkazdi:
O‘zbekiston OTJ: Rahim Davronov (Umid Ergashev, 70), Doston Tursunov, Abbos Otaxonov, Akrom Komilov (Husniddin G‘ofurov, 82), Doniyor Narzullayev (Islom Kenjaboyev, 82), Xurshid G‘iyosov (Oston O‘runov), Jasur Yaxshiboyev (Islom Qobilov, 82), Aziz Turg‘unboyev (Bobur Abduholiqov, 62), Zabihillo O‘rinboyev (Andrey Sidorov, 70), Ikrom Aliboyev (Oybek Rustamov, 82). “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Fransiya Germaniyani Yevropa mudofaasini birgalikda kuchaytirishga chaqirdi
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontda vaziyat keskin, Rossiya taktik muvaffaqiyatga erishdi”
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi