
Angliya terma jamoasi darvozaboni Jodan Pikford jamoasining JCH-2018 1/8 final bosqichida Kolumbiya ustidan qozonilgan g‘alaba haqida gapirib o‘tdi. Penaltilar seriyasida Pikford Karlos Bakkaning zarbasini qaytara oldi.
«Men Kolumbiya terma jamoasi bo‘yicha tadqiqotlar olib bordim. Ularning penalti tepishini o‘rgandim. Har doimgidan boshqa zarba yo‘llagan futbolchi bu – Falkao.
Ideal holatda biz penaltilar seriyasigacha g‘alaba qozonmoqchi edik, lekin muxlislarimiz va vatanimiz uchun xursandmiz. Ertadanoq Shvetsiyaga qarshi tayyorgarlikni boshlaymiz», - deydi Pikford ITV efiriga.
Angliya bilan Shvetsiya terma jamoalari 1/4 finalda uchrashishadi. Ushbu bahs 7 iyul kuni Samara shahrida Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar