Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.
Erkin kurash bo‘yicha bellashuvlarda – 55 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Jamshid Marufov Isroil (10:0), Armaniston (sof g‘alaba), Rossiya (10:0) va Italiya (5:4) mamlakatlaridan tashrif buyurgan raqiblarini mag‘lub etib finalga yo‘l olgandi. Jamshid hal qiluvchi final jangda yaponiyalik Xayyato Fujitaga qarshi kurash olib bordi va raqibidan 4:3 hisobida ustun keldi.
Mazkur g‘alaba o‘zbekistonlik yosh polvonga Jahon chempionatining oltin medalini taqdim etdi.
E’tiborlisi, o‘zbekistonlik o‘smir erkin kurashchilar so‘nggi marotaba 1998 yilgi Jahon chempionatida oltin medal qo‘lga kiritgandi. O‘shanda yosh Dilshod Mansurov tengdoshlari orasida Jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan. Oradan 20 yil o‘tib Marufov bunday natijaga erishdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi