12:26 / 07.07.2018
3 447

O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo o‘yinlarida legionerlarsiz ishtirok etishi mumkin, sababi...

O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo o‘yinlarida legionerlarsiz ishtirok etishi mumkin, sababi...
Ayni damda Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Turkiyada o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari o‘tkazib qaytdi. Terma jamoa ustozi Ravshan Haydarov SPORTS.uz muxbiri bilan suhbatda Osiyo o‘yinlariga legioner maqomidagi yetakchi futbolchilarni jalb eta olmaslik xavfi borligi haqida aytib o‘tdi.

"Hozirgi tarkibimizga yana ayrim futbolchilarni qo‘shish rejamizda bor. Qo‘shilsa ham asosan legionerlarning hisobiga yanada kuchayishimiz mumkin. Bizning kengaytirilgan tarkibimizda yana boshqa kuchaytiradigan o‘yinchilarimiz bor. Lekin ularning aksariyati hozirda legioner maqomiga ega bo‘lishgan. Ayni paytda ularning klublari bilan muzokaralar olib boryapmiz. Doston Hamdamov, Otabek Shukurov, Eldor Shomurodov singari futbolchilarning klublari bilan bir to‘xtamga kela olsak, ajoyib ish bo‘lardi.

Ammo ular aniq kelishadi deb bo‘lmaydi. Shunga qaramay, biz o‘zimiz tomonimizdan barcha ishlarni amalga oshirishga harakat qilyapmiz. Ularning klublariga xatlar bilan murojaat qilyapmiz. Ammo shuni unutmaslik kerakki, Osiyo o‘yinlari musobaqasi FIFA kunlaridan o‘rin olmagan. Shu bois xorij jamoalarining o‘z futbolchilarini terma jamoalarga qo‘yib yubormaslikka haqqi bor", - deydi tajribali mutaxassis.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo o‘yinlarida legionerlarsiz ishtirok etishi mumkin, sababi...