
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov avgust oyida Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan tarkibni aniqlashda davom etmoqda.
Ushbu musobaqada 3 nafar 23 yoshdan katta bo‘lgan futbolchilar qatnashishi mumkin. Ravshan Haydarov aynan shunday futbolchilar sifatida "Navbahor" klubi hujumkor yarim himoyachisi Aziz Turg‘unboyev va "Lokomotiv" tayanch yarim himoyachisi Ikrom Aliboyevlarni tarkibga jalb etishga qaror qilgan.
Yana bir futbolchi borasida esa hozircha qaror qabul qilinmagan. Katta ehtimol bilan "Paxtakor" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov Osiyo o‘yinlariga taklif etilishi mumkin.
Manba: uff.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar