«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Yuventus» taklifini qabul qilgan. Bu haqda Kun nashri ma’lum qiladi.
Manbaning yozishicha, Madrid klubi ushbu 33 yoshli futbolchisini 100 million yevrodan ortiqroqqa sotishni ko‘zlamoqda.
Ronaldu 26 may kuni Chempionlar ligasi finalidan keyin shu yozda «Real»dan ketishiga ishora qilgandi. Uning bu niyati jamoa prezidenti Florentino Peres bilan munosabatlari yomonlashgani bilan izohlanmoqda.
Qayd etilishicha, hozircha klublar o‘rtasida kelishuv tuzilmagan, turinliklar futbolchi uchun 100 million yevrodan ortiq mablag‘ to‘lamoqchi emas. Shu bilan birga, uning o‘zi bilan yiliga 30 million yevro to‘lash nazarda tutilgan 4 yillik shartnoma tuzilishi mumkin.
Bundan oldinroq Marca nashri portugaliyalik yulduz shu yil boshidayoq «Real»dan ketish haqida bir qarorga kelib bo‘lgani haqida xabar tarqatdi.
Yanvar oyida «qaymoqranglilar» rahbariyati Ronalduga 100 million yevro narx belgilagani uning shunday qaror qabul qilishiga sabab bo‘lgani aytilmoqda. O‘sha vaqtda klubdagilar Ronalduning Xitoy yoki AQSh jamoalaridan biriga o‘tishiga ishonishgan. 5 karra «Oltin to‘p» sohibi o‘ziga qo‘yilgan narxdan xabar topgach, «100 million yevroga baholashgan bo‘lsa, u holda men ular uchun sevimli emas ekanman», - deya ketish niyatini ko‘ngliga tugib qo‘ygan.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi