Luka Modrich «Oltin to‘p»ga loyiq ko‘rildi

Luka Modrich «Oltin to‘p»ga loyiq ko‘rildi
Jahon chempionati sovrindorlari taqdirlandi. Ushbu taqdirlashda Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich JCh-2018ning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi va unga musobaqaning «Oltin to‘pi» topshirildi.

Modrich Xorvatiya terma jamoasining finalga qadar yetib kelishiga katta hissa qo‘shdi. Hal qiluvchi bahsda esa uning jamoasi Fransiyaga 2:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Shuningdek, Kilian Mbappe chempionatning eng yaxshi yosh futbolchisi, Tibo Kurtua – eng yaxshi darvozabon, Xarri Keyn chempionatning eng yaxshi to‘purari uchun sovrinlarni qo‘lga kiritishdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar