
Futbol bo‘yicha Rossiyada o‘tkazilgan JCh-2018dan qaytgan Xorvatiya terma jamoasini poytaxtda yarim milliondan ortiq vatandoshlari kutib olishdi.
Xorvatiya terma jamoasi tarixda birinchi marta JChning final o‘yiniga chiqdi. Mundialning "Lujniki" stadionida bo‘lib o‘tgan final o‘yini 4:2 hisobda yakun topdi.

Moskvadan samolyot bir soat kechikib uchishiga qaramay, aeroportda yuzlab odamlar yig‘ildi.

Asosiy tadbirlar o‘tkazilgan Bana Yosipa Yelachicha maydoniga terma jamoa ikki qavatli ochiq avtobusda yo‘l oldi.

Kutib olish tantanalari haqiqiy bayramga aylandi. Guldan yasalgan milliy gerb o‘rnatilgan avtobus bilan birga minglab odamlar yurdi.

Ushbu tantanalarni quyidagi HAVOLA orqali tomosha qilishingiz mumkin.

“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar