
Madridning «Real» klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan «Yuventus»da rahbarlik lavozimlaridan biriga tayinlanishi mumkin.
Ispaniyadagi Libertad Digital nashri xabariga ko‘ra, Zidanga «Yuve»da sport masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi taklif qilingan. U bu taklifni qabul qilishi kutilmoqda. U oktyabr oyida «Yuventus»ga qo‘shilishi mumkin.
10 iyul kuni «Yuventus» «Real»da 9 yil davomida to‘p surgan Krishtianu Ronalduni o‘z safiga qo‘shib olgandi. Ushbu portugaliyalik futbolchi Turin klubida 4 yil davomida 30 million yevrodan maosh oladi.
Zidan 2016 yil yanvaridan «Real»ni boshqarishga kirishdi va keyingi 3 mavsum davomida ketma-ket 3 bor Chempionlar Ligasida zafar quchdi. U may oyida navbatdagi chempionlikdan keyin Madrid klubini tark etdi.
AS xabariga ko‘ra, Zidan Ronaldu bilan yangi shartnoma bo‘yicha muammolar tufayli klubdan ketgan.
Ma’lumot uchun, fransiyalik mutaxassis 1996-2001 yillarda futbolchi sifatida «Yuventus» sharafini himoya qilgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar