Rossiyada futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazishdan olingan daromad mamlakat yalpi ichki mahsulotining bir foizga yaqinini tashkil qildi. Bu haqda Rossiya turoperatorlari uyushmasi rahbari Mayya Lomidze ma’lum qildi.
“Bu 850 mlrd rubl degani. Jahon chempionati tashkiliy qo‘mitasining baholashicha, bu qiymat barcha xarajatlarni qoplaydi. Bizda eng qimmatbaho chempionat bo‘ldi. Ayni vaqtga kelib shaharlarda juda ko‘p infratuzilmaviy o‘zgarishlar amalga oshirilgan va muxlislarning harakatlanishi bo‘yicha barcha xarajatlarni mamlakat o‘z zimmasiga olgan”, deb aytgan Lomidze.
Uning aytishicha, asosiy daromadni sayyohlar keltirgan. Ular 5,7 mlnga yaqin bo‘lgan va ulardan yarmini xorijliklar tashkil qilgan. Bundan tashqari, 220 mingta ish o‘rni yaratilgan.
Lomidzening ta’kidlashicha, musobaqaga qurilgan infratuzilma kelgusida ham daromad keltiradi va bu birinchi navbatda aeroport va mehmonxonalarga taalluqli. McKinsey konsalting kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘shimcha daromadlarni 2023 yilgacha olishni kutish mumkin. Muammolar faqatgina uch shahar: Nijniy Novgorod, Volgograd va Saranskda yuzaga kelishi mumkin. Bu shaharlardagi mehmonxonalarga talab bo‘lmasligi mumkin.
Avvalroq JLL kompaniyasi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga 683 mlrd rubl sarflanganini ma’lum qilgandi. Bu qiymatdan 437,8 mlrdi turli darajadagi byudjetlar, 226,3 mlrdi esa xususiy sarmoyalar hisobiga to‘g‘ri kelgan.
Lomidzening gaplariga qaramasdan, jahon chempionatiga ketgan xarajatlar qoplangani haqida gapirish mumkin emas. Chunki 850 mlrd rubl bu YaIMga qo‘shilgan hissa bo‘lib, u byudjetga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushum bo‘lmay, xususiy va davlat korxonalarining tushumi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi