
«Yuventus» klubi yangi mavsum uchun chiqarilgan abonementlarning barchasini sotishga muvaffaq bo‘ldi.
Tadbirning dastlabki bosqichi 4-18 iyul kunlari o‘tkazildi. Unda avvalgi mavsum abonementi sohiblari ishtirok etdi. Ular 95% abonementlarni qo‘lga kiritishdi. Bugun o‘tkazilgan savdolarda esa qolgan abonementlar ham o‘z egasini topdi. Qizig‘i shundaki, ularning narxi o‘tgan yilga nisbatan 30% qimmatlagani savdolarga salbiy ta’sir qilmadi.
CalcioNews24 xabariga ko‘ra, «Yuventus» 29 300 dona mavsumiy abonement savdosidan 30 million yevro ishlab oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar