
Jurnalist Zafar Qosimov "Sport" telekanalining "Gol" ko‘rsatuvida O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Ektor Kuper haqida fikr bildirdi.
"Kuper O‘zbekistonga kelgach o‘zbek futboliga moslashmasligi kerak, aksincha, o‘zbek futbolini o‘ziga moslashi lozim. Ya’ni, o‘z talablariga yarasha ish olib borib, futbolimizni yangi bosqichga olib chiqishi shart.
Bu borada eng yaxshi misol - Karlush Keyrush. Portugaliyalik murabbiy Eron terma jamoasi boshqaruvida ko‘p yaxshi natijalarga erishdi, ammo Eron futbol federatsiyasi bilan ko‘p kelishmovchiliklarga ham bordi. Keyrush tashkilotchilik va ish uslubi borasida o‘z qarashlarini qo‘rqmasdan Eron futboliga singdira oldi.
Ektor Kuper ham mana shunday ishlashi shart. Agar u ham xuddi mahalliy murabbiylar singari O‘FA rahbariyati nima desa, shuni bajarsa, undan foyda bo‘lmaydi. Murabbiylik tajribasi va taktik bilim o‘z yo‘liga. Ektor Kuper avvalo o‘zbek futbolidagi qarashlarni o‘zgartirib berishi kerak", - deydi Zafar Qosimov.
Manba: www.uff.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar