«Yuventus» Ronaldu ismi tushirilgan futbolkalardan qancha foyda ko‘rdi?

«Yuventus» Ronaldu ismi tushirilgan futbolkalardan qancha foyda ko‘rdi?
«Yuventus» klubi 2018-19 mavsumi oldidan, atributikalar savdosi haqidagi ma’lumotni e’lon qildi.

«Tuttosport» xabar berishicha, klub futbolkalarning dastlabki partiyasini to‘liq sotib bo‘lgan. Hujumchi Krishtianu Ronalduning «Yuventus» klubiga o‘tganidan so‘ng, atributika savdosi chaqqonlashgan. 10 iyuldan 5 avgustga qadar «Yuventus» Ronaldu ismi tushirilgan 55 mingta futbolka sotgan, bu esa klubga 6,5 million yevro daromad keltirgan.

Futbolkalarning yangi partiyasi 2018 yilning sentyabr oyida sotuvga chiqadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar