18:40 / 09.08.2018
3 820

"Iyul oyining eng chiroyli goli" muallifi – Sherzod Hakimov (video)

"Июль ойининг энг чиройли голи" муаллифи – Шерзод Ҳакимов (видео)
Bilasiz, O‘zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon championat.asia bilan oyning eng yaxshilarini aniqlab kelmoqda.
Mazkur so‘rovnomada Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etdi. Muxlislar ovozi esa PFL rasmiy saytida o‘tkazilgan so‘rovnoma orqali qabul qilindi.

Bilasiz, iyun-iyul oylarida Rossiya yashil maydonlarida Jahon chempionati-2018 bo‘lib o‘tdi. Shu sababdan Superligada qisqa tanaffus yuzaga keldi va iyun oyida faqatgina bitta tur o‘yini tashkil etildi. Shuni inobatga olib, iyun va iyul oylari uchun bitta so‘rovnoma tashkil qilishga qaror qilindi. Zero bitta tur natijalari inobatga olinib, iyun oyining eng yaxshilari aniqlanishi biroz nojoiz bo‘lar edi. Shu tariqa bu safar iyun oyidagi bitta tur va iyuldagi 5 ta tur uchrashuvlari yakunlariga ko‘ra eng yaxshilar aniqlandi.

Ortda qolgan 6 ta tur doirasidan o‘rin olgan uchrashuvlarda bir qator chiroyli gollar kiritildi. Bir qancha futbolchilar raqib darvozasini chiroyli tarzda ishg‘ol etib, muxlis-u mutaxassislar olqishlariga sazovor bo‘lishdi. Ular ichidan 6 ta saralab olingan nomzodlarga Superliga klublari bosh murabbiylari, sardorlari hamda PFL saytida muxlislar ovoz berishdi. Iyul oyining eng chiroyli goli deya e’tirof etilish uchun kurash ancha qizg‘in tarzda kechdi.

Yakunda Sherzod Hakimov tomonidan “Bunyodkor” darvozasiga kiritilgan gol 1-o‘rinni egalladi. Murabbiylar va sardorlarning 8 nafari Hakimovning golini 1-pog‘onaga loyiq ko‘rdi. Shuningdek, muxlislar o‘rtasida tashkil etilgan so‘rovnomada ham Sherzod Hakimov eng ko‘p ovoz yig‘di.

Ikkinchi pog‘ona esa Javlon Ibrohimovga nasib etdi. Uning “Neftchi” darvozasiga kiritgan goli jami 33 ochko jamg‘ardi. Uchinchi o‘rin esa Vladimir Kozakni 1 ochkoga ortda qoldirgan Sardor Rashidovga nasib etdi.

Ta’kidlash joiz, mart oyida eng chiroyli gol muallifi deya Aziz Turg‘unboyev e’tirof etilgan edi. Aprelda Elguja Grigalashvili, mayda esa Arslonmurod Omonov oyning eng chiroyli gollariga mualliflik qilishgandi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Iyul oyining eng chiroyli goli" muallifi – Sherzod Hakimov (video)