
Angliya chempionatining 1-turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted» – «Lester» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Old Trafford»da bo‘lib o‘tgan bahs mankunianliklarning g‘alabasi bilan tugadi.
Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq Pol Pogba penaltini aniq amalga oshirib jamoasini oldinga olib chiqdi: bu vaziyatda Daniel Amarti o‘z jarima maydonchasi ichida qo‘l bilan o‘ynagandi.
83-daqiqada Lyuk Shou mezbonlarning ikkinchi golini urgan bo‘lsa, hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Jeymi Vardi hisobni qisqartirishga erishdi.
Shu tariqa, Joze Mourinyu shogirdlari yangi mavsumni g‘alaba bilan boshlashdi.
Angliya chempionati, 1-tur
Manchester Yunayted – Lester 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 3, penalti Pogba, 2:0 – 83 Shou, 2:1 – 90+2 Vardi.
Manchester Yunayted – De Xea, Bayi, Shou, Darmian, Lindelef, Pogba (Fellayni, 84), Pereyra, Mata, Fred (Maktomini, 76), Sanches, Reshford (Lukaku, 67).
Lester – Shmeyxel, Maguayr, Morgan, Chiluell, Rikardu Pereyra, Ndidi, Amarti (Gezzal, 63), Meddison (Vardi, 63), Adriyen Silva (Iborra, 80), Grey, Ixeanacho.
Ogohlantirishlar: Amarti (51), Fred (54), Pereyra (69).
Manba: www.uff.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar