
Ispaniya Superkubogidan o‘rin olgan «Sevilya» - «Barselona» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Marokashda bo‘lib o‘tgan o‘yin kataloniyaliklarning g‘alabasi bilan tugadi.
9-daqiqada Pablo Sarabiya «Sevilya»ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, birinchi bo‘lim so‘nggida Xerard Pike muvozanatni tikladi.
78-daqiqada Lionel Messining uzatmasidan so‘ng Usmon Dembele raqib darvozasini aniq nishonga olib jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, «Barselona» o‘z tarixida 13 marta Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi.
Ispaniya Superkubogi
Sevilya – Barselona 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 1:0 – 9 Sarabiya, 1:1 – 42 Pike, 1:2 – 78 Dembele.
Sevilya – Vatslik, Ker, Gomes, Merkado (Ben-Yedder, 85), Eskudero, Banega, Mesa, Sarabiya (Aleish Vidal, 71), Navas, Vaskes, Muriel (Andre Silva, 60).
Barselona – ter Stegen, Pike, Nelson Semedu, Alba, Langle, Buskets, Rafinya (Rakitich, 46), Artur (Koutino, 53), Dembele (Vidal, 86), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Buskets (16), Vaskes (24), Mesa (69), ter Stegen (90), Langle (90), Aleish Vidal (90).
Manba: www.uff.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar