
Barchasini qo‘shib hisoblasak, Messi Ronalduga qarshi 35 o‘yin o‘ynab shundan 16 tasida ustun kelgan. “Yuventus”ning yangi yulduzi esa faqatgina 10 uchrashuvda g‘oli chiqqan.
Portugaliyalik yulduz argentinalik hamkasbi uni ruxlantirib turganini tasdiqladi va uning Italiyaga ko‘chib o‘tishi kelajakdagi faoliyatiga qanday ta’sir o‘tkazishi noma’lum. Zamonaviy futbolning ikki ajralmas superyulduzlari qanday qilib raqobatchilik qilishadi?
Uzoq vaqtdan beri Ispaniya va Yevropa doirasida Lionel Messi – Krishtianu Ronaldu qarama-qarshiligining guvohi bo‘lib keldik. Biroq yangi mavsumda ular ishtirokidagi “El Klassiko”ning shohidi bo‘la olmaymiz. Bu haqiqiy muxlislar, tasodifiy muxlislar yoki futbolga qiziqmaydiganlar uchun ham e’tiborga molik bo‘ldi.
Ronaldu uning asosiy raqobatchisi uni yangi marralarni zabt etish sari olg‘a undaganini tan oldi. U 2015-yilgi xujjatli filmda “Men uni raqib sifatida emas balki shaxs sifatida ko‘raman. Men uni meni yanada kuchliroq qiladigan futbolchi, o‘z navbatida men ham uni kuchliroq qilaman.” – degandi portugaliyalik yulduz.
Messi esa aksincha bu masala haqida kam gapiradi. Bu uning “Barselona” tizimida tarbiya topganining natijasi bo‘lsa kerak. “La Masiya”da “Barsa” tarbiyalanuvchilarga jamoaviylikni uqtiradi.
Bu ikkovlon so‘nggi o‘n yillikda Ispaniyani dunyoning eng jozibador chempionatiga aylantirdi. Bundan tashqari ular o‘z klublarining zamonaviy super klub maqomiga erishishlarida katta hissa qo‘shgan muhim figuralarga aylandi.
Qarama-qarshi duyellarda albatta Messi va “Barselona” kuchliroq bo‘lganiga hech qanday shubha yo‘q. Messi va Ronaldu La Ligada o‘zaro 18 marta to‘qnash kelgan bo‘lsa, shundan o‘ntasida Messining qo‘li baland kelgan. Ronaldu esa 4 sida g‘olib chiqqan. Argentinalik futbolchi ushbu bahslarda 12 gol kiritgan bo‘lsa, Ronalduning ko‘rsatkichi 9 tani tashkil qiladi.
Barchasini qo‘shib hisoblasak, Messi Ronalduga qarshi 35 o‘yin o‘ynab shundan 16 tasida ustun kelgan. “Yuventus”ning yangi yulduzi esa faqatgina 10 uchrashuvda g‘oli chiqqan.
“Barsa” so‘nggi o‘n yillikda so‘zsiz kuchliroq va barqaror jamoa hisoblanadi. Ular uy uchrashuvlarining ko‘pida qo‘li baland kelgan.
Ronaldu ham o‘z navbatida futbolda nomi qoldirdi. U “Real Madrid” so‘nggi yillarda to‘rt bora Chempionlar Ligasini yutgan vaqt ichida ushbu musobaqada 121 gol urishga erishgan.
Uning qit’a birinchiligida terma jamoasi bilan g‘olib chiqishi, “Oltin to‘p” uchun kurashda 4-1 hisobini yo‘qqa chiqarishi Messidan o‘yin borasida ancha o‘zib ketganini isbotlaydi. Afsuski, Ronaldu va Messining yuqori saviyadagi raqobati o‘z nihoyasiga yetdi.
“Real” va “Barsa” xoh Ispaniya chempionati, xoh Ispaniya Superkbogi bo‘lsin, yoki Chempionlar Ligasi bo‘ladimi, Ronaldu va Messi doim oldinda va markaziy futbolchilar bo‘lardi.
Ammo biz o‘rganib qolgan ushbu g‘oya o‘z yakuniga yetdi. “El Klassiko”dagi raqobat o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi, albatta, biroq u endi oldingidek bo‘lmaydi.
Messining “Barselona”si va Ronalduning “Real”i bizga barchasini berdi, eng katta armon shuki ular bizga Chempionlar Ligasi finalini taqdim eta olmadi.
Shubhasiz, “El Klassiko”ning ahamiyati Gvardiola va Mourino klubdan ketganlaridan keyinoq o‘z ahamiyatini biroz yo‘qotgan edi. U butunlay obro‘yini yo‘qotmasligiga Ronaldu va Messining borligi edi. Bu endi qayta umuman ro‘y bermaydi. Kim biladi, balki boshqa chempionatlarda bo‘lsada, ular bir-biriga ta’sir o‘tkazishda davom etar.
Erkinjon G‘aybullayev
Manba: Sports.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar