Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoa uchun o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil qilish borasida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
2019 yil yanvar oyida BAAda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi boshlanishiga ham oz vaqt qoldi. Shu sababdan kuz oylaridagi FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida, bir qator terma jamoalar bilan Toshkentda uchrashuv o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Jumladan, 6 sentyabr kuni Suriya terma jamoasi poytaxtimizga tashrif buyursa, 11 sentyabr kuni o‘zbekistonlik futbol muxlislari milliy terma jamoamizning Eronga qarshi uchrashuvini bevosita stadiondan tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Eron futbol federatsiyasi Toshkentda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish bo‘yicha O‘FA taklifiga ijobiy javob qaytardi.
Shuningdek, oktyabr oyidagi FIFA kunlaridan ham samarali foydalanish rejalashtirilgan. Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston MTJ 13 oktyabr kuni Shimoliy Koreya, 16 oktyabr kuni esa Qatar terma jamoalariga qarshi Toshkentda maydonga tushadi.
Bundan tashqari, O‘FA Xalqaro aloqalar bo‘limi tomonidan noyabr oyidagi FIFA kunlarida o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazish uchun yana bir qator terma jamoalar bilan muzokaralar olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi