Bahrom Haydarov: “Qizil kartochka o‘yinga ta’sir qildi”

Bahrom Haydarov: “Qizil kartochka o‘yinga ta’sir qildi”
Pepsi Superligasi 22-turida “Neftchi” - “Qo‘qon-1912” (1:0) uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida farg‘onaliklar ustozi Bahrom Haydarov uchrashuv borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Vodiy derbisi har doim keskin kurashlar ostida o‘tib kelgan. Bugun ham shunday bo‘ldi. Boshida biroz tashabbusga ega bo‘ldik. Keyin yosh futbolchilarimizga qandaydir tajriba yetishmadimi, biroz ustunlikni berib qo‘ydik. Bugun shogirdlarimiz maydonda borlarini berib o‘ynashdi.

Raqibimizning qizil kartochka olgani o‘yinga o‘z ta’siri o‘tkazdi. Darvozabonimizning penaltini olib chiqqani ham ruhiy dalda bo‘ldi. Omad bugun biz tomonda bo‘ldi. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilarimiz ham o‘yinga yaxshi kirishib ketishdi. Umuman bugun barcha futbolchilarimning o‘yinlariga e’tirozim yo‘q. “Qo‘qon-1912” jamoasiga keyingi o‘yinlarda omad tilayman", - dedi Haydarov.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar