
Bugun, 19 avgust sanasida Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarining 3-turida Tailand terma jamoasiga qarshi kurash olib boradi.
Ilk turda o‘zbekistonlik futbolchilar Bangladesh terma jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazib, yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozongandi. Ikkinchi turda esa Qatar 6:0 hisobida tor-mor etildi. Shu tariqa olimpiyachilar muddatdan avval guruhda birinchi o‘rinni egalladi.
Uchrashuvga Bagordagi “Pakansari” stadioni mezbonlik qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlanadi.
Osiyo o‘yinlari—2018
“B” guruhi, 3-tur bellashuvi
19 avgust, yakshanba
Tailand — O‘zbekiston 17:00
Guruhdagi holat:

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar