Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Osiyo oʻyinlari nimchorak finalida Hongkongga qarshi kechgan va 3:0 hisobidagi gʻalaba bilan yakunlangan oʻyindan keyin matbuot anjumanida ishtirok etdi.
«Keyingi bosqichga chiqqanimiz bilan barcha muxlislarimizni tabriklayman. Bugun gʻalabaga haqli edik. Oʻyinni ilk daqiqalaridanoq nazorat qildik va oʻyin davomida ustunlikni boy bermadik.
Oltin medal sari yana bir qadam tashladik. Bundan buyogʻiga oson raqib boʻlmaydi. Shunga yarasha tayyorgarlik koʻramiz»
Guruh bosqichida Bangladesh, Tailand va Qatar olimpiyachilariga qarshi oʻyinlarda Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi jami 10 gol urdi va darvoza daxlsizligini saqlab qoldi. Hongkongga qarshi oʻyindan keyin bu koʻrsatkich 13:0 koʻrinishiga keldi.
Ravshan Haydarov shogirdlari chorak finalda Janubiy Koreya—Eron juftligi gʻolibiga qarshi kurash olib boradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?