
Indoneziyadagi Osiyo o'yinlarining oltinchi kunida bahslar davom etmoqda.
Akademik eshkak eshish bo'yicha sakkiztalik bahslarda startga chiqqan sportchilarimiz marraga ikkinchi bo'lib yetib kelishdi va kumush medalni qo'lga kiritishdi.
Jiu-jitsu. –56 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etayotgan sportchilarimiz g'alaba bilan boshlashdi. Doston Ro'ziyev mo'g'ulistonlik Byaanduren Gantumurni 4:0, Akmal Amirov esa iroqlik Muhammad Ismoilni 4:0 hisobida mag'lub etib, 1/8 finalga chiqdi.
Akademik eshkak eshish bo'yicha to'rtlik bahslarida ishtirok etgan sportchilarimiz finalda to'rtinchi o'rinni egallashdi.

Foto: Abdulloh Fayzullayev
Suzishda Vladislav Mustafin 50 metrga bras suzish bahslarida uchinchi natija bilan finalga yo'l oldi.
Penchak Silat musobaqalarida Abdumalik Salimov ilk jangida eronlik Muhammad Rahimbalani 3:0 hisobida mag'lub etdi va yarim finalga yo'l oldi.

Foto: Abdulloh Fayzullayev
Akademik eshkak eshish. Shahboz Xolmurzayev yakkalik bahslarida chiqish qildi va to'rtinchi bo'lib marraga yetib bordi. Afsuski, kuchli uchlikka kirish uchun unga biroz omad yetishmadi.

Foto: Kamoliddin Alimov “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar