
Oʻzbekiston-Suriya oʻrtoqlik uchrashuvidan soʻng tashkillashtirilgan matbuot anjumanining birinchi qismida Suriya bosh murabbiyi Bernd Shtange ishtirok etdi.
- Oʻyinga toʻxtalib oʻtsam, biz mehmonda oʻynagan boʻlsak ham 80 foiz bizning jamoa toʻpni oʻzida saqlab turdi. Bu oʻyindan gʻalaba kutgan boʻlsak ham, afsuski durangga imzo chekdik. Oʻyin davomida tashabbus biz tomonda boʻlsa ham oʻyin oxirida sustkashlikka yoʻl qoʻydik. Mutaxassis sifatida Oʻzbekiston terma jamoasi Osiyo kubogida favoritlarga qarshi yaxshi oʻyin koʻrsatishiga umid qilaman.
Biz Suriyaga koʻtarinki kayfiyatda yoʻl olamiz, chunki endilikda oʻzbek xalqi bizni yaxshi terma jamoa sifatida eslashadi. Biz oʻyin boshidanoq toʻpga ishonch bilan egalik qila boshladik. Oʻzbekistonlik futbolchilar bizdan bunday oʻyin uslubini kutishmagan edi, - deydi 70 yoshli mutaxassis oʻz soʻzida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar