Bugun Pepsi Superliga 23-turi doirasida Namanganning “Navbahor” klubi oʻz maydonida Toshkentning “Paxtakor” jamoasini qabul qiladi.
Mazkur klublar oʻrtasidagi bahslar doimo shiddatli va jangovar ruhda kechgan. Albatta bu safargi oʻyinning ham kurashlarga boy tarzda oʻtishiga shubhamiz yoʻq. Boisi, ayni paytda har ikki jamoa chempionlik unvonini qoʻlga kiritish uchun kurash olib bormoqda.
Bundan tashqari, “lochinlar” 2-bosqich bahslarini kuchli oltilik guruhining peshqadami sifatida boshlashadi va bugungi uchrashuvda gʻalaba qozonib, oʻz mavqelarini mustahkamlab olishga intilishadi. Bir soʻz bilan aytganda, boʻlajak oʻyinga qiziqish katta.
“Navbahor” – “Paxtakor” uchrashuvini bevosita stadionda tomosha qilish uchun Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse - prezidenti Umid Ahmadjonov va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuperning Namangangan tashriflari kutilmoqda. Bu haqda “Navbahor” rasmiy sayti xabar bermoqda.
Bundan tashqari, “Navbahor” PFK rahbariyati va Namangan viloyat Madaniyat boshqarmasi tomonidan ushbu oʻyinga poytaxtdan bir qator el suygan taniqli sanʼatkorlar ham taklif etilishgan. Mazkur sanʼatkorlarning kimligi hozircha sir. Ular “Navbahor” – “Paxtakor” uchrashuvi oldidan oʻzlarining dilrabo taronalarini muxlislarga tuhfa etishadi.
Qisqasi, boʻlajak oʻyinga tayyorgarlik avjida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi