
Turinning “Yuventus” klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu bugun “Sassuolo”ga qarshi boʻlib oʻtadigan oʻyinda oʻzining debyut golini urishini kutmoqda.
“Ronaldu oʻz ustida yaxshi ishlamoqda va u bugun gol uradi deb oʻylayman. Men undan oʻtgan uchta turda koʻrsatgan oʻyinidan koʻproq yoki ozroq narsa kutmayapman. Bugun u albatta raqib darvozasini ishgʻol qiladi”, - deydi tajribali mutaxassis.
Eslatib oʻtamiz, Ronaldu A Seriyaning oʻtgan 3ta oʻyinida ham gol urishni uddalay olmagan edi.
Maʼlumot uchun, “Yuventus” – “Sassuolo” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar