PFL endilikda Superliga va Pro-liga klublarining qarzdorlik masalasiga jiddiy eʼtibor qaratadi.
“Yillar davomida futbol klublari mavsumni kamomad bilan yopib yurgan va buning oqibatida futbolchilar, murabbiylar oʻz pullarini undira olmagan. Qolaversa, futbolchilar va murabbiylarni himoya qiladigan tashkilotning oʻzi boʻlmagan”, - deya taʼkidlanadi liga rasmiy saytida.
Qayd etilishicha, 2018 yilni hech bir klub qarzdorlik bilan yopmasligi –PFL uchun muhim faktor. Yoʻqsa ular egallagan oʻrnidan qatʼi nazar 2019 yilgi mavsum startida sanksiyalarga duch keladi.
Maʼlumki, muammoli vaziyatlarni birinchi navbatda PFL komissiyasi, undan keyingi apellyatsiyani OʻFA oʻrganib chiqadi. Futbol strukturasidagi muammolarga davlat organlari aralashgan holatda PFL mazkur ishga qaytmaydi. Nodavlat-notijorat tashkiloti maqomi jihatdan yuqori organ hisoblanuvchi sudlar qaroriga aralashmaydi.
Taʼkidlanishicha, PFL komissiyasi 2019 yilgi mavsum avvalida har bir klub futbolchilari bilan alohida uchrashadi hamda ularning huquqlari borasida, muammoli vaziyatlarni qanday hal qilishi kerakligi boʻyicha tushuntirish beradi.
“Yillar davomida osilib yotgan va panja ortidan qaralgan ishlar endi boʻlmaydi. Yaʼni futbol oʻz muammolarini oʻzi hal qila olganida ish davlat organlariga qadar yetib bormaydi”, deya qayd etiladi rasmiy manbada.
Maʼlum qilinishicha, PFL ayni paytda FIFA andozasi asosida shartnoma tayyorlamoqda. Kelasi mavsumdan boshlab klublar shartnomalar tuzishda ushbu namunadan foydalanadi. Har bir shartnoma PFL komissiyasining jiddiy tekshiruvidan oʻtadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi