11:11 / 23.09.2018
2 968

“Real” “Espanol”ni magʻlub etib, peshqadamga aylanib oldi (video)

"Реал" "Эспаньол"ни мағлуб этиб, пешқадамга айланиб олди (видео)
Ispaniya chempionatining 5-turidan oʻrin olgan “Real Madrid” – “Espanol” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. “Santyago Bernabeu”da boʻlib oʻtgan oʻyinda mezbonlar kichik hisobdagi gʻalabani qoʻlga kiritdilar.

Uchrashuv kutilganidek mezbonlarning ustunligida boshlandi. Qaymoqranglilar toʻp nazoratini oʻzlarida saqlagan holda bir qator hujumlar tashkil qilishdi. Kataloniyaliklar esa asosan qarshi hujumda harakat qilishdi.

Birinchi boʻlim yakunlanishi arafasida madridliklar oʻz maqsadlariga erishdilar: Luka Modrich jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi, toʻp ikki bor rikoshetga uchrab jarima maydoni ichidagi Marko Asensioga yetib keldi. Ispaniyalik futbolchi esa oʻtkir burchakdan darvozani aniq nishonga olib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Ushbu gol dastlab uchrashuv hakami tomonidan inobatga olinmadi, ammo VAR tizimi u yerda oʻyindan tashqari holat yoʻqligi koʻrsatdi.

Ikkinchi boʻlim maydon egalarining hujumlari bilan boshlandi, biroq raqib darvozasini ishgʻol qilish ularga nasib qilmadi. Shuningdek, mehmonlarda ham bir qator xavfli vaziyatlar yuzaga keldi. Ammo oʻyin soʻnggiga qadar hisob oʻzgarmadi.

Shu tariqa, “Real” ochkolarini 13taga yetkazib olgan holda turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi.

La Liga, 5-tur

Real Madrid – Espanol 1:0 (1:0, 0:0)
Gol:
1:0 – 41 Asensio.

Real Madrid – Kurtua, Varan, Nacho, Odriosola, Ramos, Sebalos (Vaskes, 63), Kazemiro, Isko (Lorente, 79), Modrich, Asensio, Benzema (Dias, 60).
Espanol – Lopes, Naldo, Vila, Lopes, Ermoso, Mark Roka, Granero, Pyatti (Baptistao, 55), Darder (Sanches, 55), Peres (Garsiya, 70), Iglesias.
Ogohlantirishlar: Nacho (6), Mark Roka (26), Lopes (45), Kazemiro (77).

Ushbu oʻyindagi xavfli vaziyatlar va kiritilgan golni quyidagi havola orqali koʻrishingiz mumkin.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real” “Espanol”ni magʻlub etib, peshqadamga aylanib oldi (video)