Butunjahon boks seriyalari (WSB) VIII mavsumida Kubaning Cuba Domadores jamoasi bokschilari gʻalaba qozonishdi.
Kubaliklar guruh bosqichinining A kvartetidan joy olib, Oʻzbekistonning Uzbek Tigers, Kolumbiyaning Colombia Heraicos va Venusuelaning Caciques Venezuela kabi jamoalarni ortda qoldirgan holda birinchi oʻrin bilan yarim finalga yoʻl olishdi.
Ushbu bosqichda Fransiyaning France Fighting Roosters jamoasini taslim etishdi. Hal qiluvchi bahsda esa WSBʻning uch karra gʻolibi va oʻtgan mavsum chempioni Qozogʻistonning Astana Arlans jamoasi vakillari ustidan 7:3 hisobi bilan muvaffaqiyat qozonib, musobaqaning yangi gʻolibiga aylanishdi. Aytish joizki, ushbu gʻoliblik Kuba jamoasi uchun uchinchisi boʻldi va ular bu borada musobaqada eng koʻp gʻolib boʻlgan Qozogʻiston bokschilariga yetib olishdi.
Eslatib oʻtamiz, final janglarining birinchi qismi, yaʼni 49, 56, 64, 75 va 91 kg.gacha boʻlgan bokschilar oʻrtasidagisi 26 sentyabr kuni Xitoyning Syamin shahrida, ikkinchi qismi, yaʼni 52, 60, 69, 81 va 91 kg.gacha boʻlgan bokschilar oʻrtasidagisi esa kecha Jingjiyang shahrida boʻlib oʻtdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi