
“Yuventus” klubi himoyachisi Aleks Sandro jamoasining Italiya chempionati 7-turida “Napoli” ustidan qozonilgan gʻalaba (3:1) borasida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
«Ular juda ham yaxshi boshlashdi, biz esa xatoga yoʻl qoʻydik va buning uchun raqib jazoladi. Shunga qaramay biz oʻzimizni toʻliq 95-daqiqa tutib turdik, hamma jamoa ham bunga qodir emas.
Bu bahs 6 ochkolik oʻyin edi. Shu tarzda davom etib, himoyada oʻyinni yaxshilash va hujumda barqaror boʻlish lozim.
Krishtianu Ronaldu ajoyib oʻyin oʻtkazdi. U “Yuventus” jamoasini yangi darajaga koʻtardi. Krishtianu har kuni yanada yaxshi boʻlish uchun mehnat qiladi, jamoa ham shunga qarab ishlamoqda», - deydi Sandro.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar