Professional boksning ogʻir vazn toifasida (+91 kg) muvaffaqiyatli start olgan hamyurtimiz Bahodir Jalolov oktyabr oyi soʻnggida yana ringga koʻtariladi.
29 sentyabr kuni oʻzining professional ringdagi ikkinchi jangini oʻtkazib, meksikalik Eduardo Vitelani birinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi.
Navbatdagi jang esa 27 oktyabr sanasiga belgilangan. Nyu-Yorkdagi muhtasham “Madison Square Garden” arenasida boʻlib oʻtadigan toʻqnashuvda Bahodirga amerikalik Tirell Rayt raqiblik qiladi. Jang 6 raund etib belgilangan.
Bu bokschi 2012 yildan beri professional ringda faoliyat yuritib keladi va bu vaqt ichida 13 ta jang oʻtkazib, 9 gʻalaba (6 nokaut), 2 durang va 2 magʻlubiyat qayd etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar