18:43 / 06.10.2018
1 679

Nega MYU Pogbani “PSJ”ga sotishi kerak?

Nega MYU Pogbani “PSJ”ga sotishi kerak?
Joze Mourino ehtimol barcha tanqidlarni oʻziga qaratib olgandir, ammo klubning superyulduzi atrofidagi vaziyat ham barchasini murakkablashtirib yubormoqda.

Ser Aleks Fergyussondan keyingi davrda “Manchester Yunayted” amalga oshirgan transferlarning koʻpchiligi foydasiz chiqmoqda.

Katta pullar evaziga klubga Memfis Depay, Bastian Shvaynshtayger, Genrix Mxitaryan, Aleksis Sanches va Anxel Di Mariyalar olib kelindi. Pol Pogba esa bu kategoriyadagi eng qoʻrqinchlisi desak adashmaymiz.

Mourinoning klubdagi kelajagi soʻroq ostida qolayotgan bir paytda Pogba atrofidagi atmosfera ham chigallashib bormoqda. U murabbiyidan oldinroq MYUni tark etishi ehtimoli ham yoʻq emas.

Sababi unga kimsan “Pari Sen-Jermen” qiziqmoqda. Juma kuni parijliklar yulduzi Neymar yarim himoyachini Parijda koʻrishdan xursand boʻlishini tilga oldi. Bir qator sabablar tufayli ham fransuz klubi Pogba uchun mos yoʻnalish boʻlishi mumkin.

Eng avvalo, u jamoani kuchaytirishi mumkin. “PSJ” yozda Ngolo Kanteni olib kelishga shuncha harakat qilsada, buning uddasidan chiqa olmadi. Shu sababli ular boshqa tayanch yarim himoyachisiga muhtoj. Adryen Raboning shartnomasi tugab bormoqda, Motta esa faoliyatiga yakun yasadi. Shu sababli bu pozitsiyaga ular jahon darajasidagi futbolchiga ehtiyoj sezmoqda.

Parijlklar katta oʻyinlarda tajribasi bor, jamoaning baʼzi pozitsiyalarini kuchaytira oladigan, umuman kuchli futbolchini qidirmoqda.

Parijdan bir necha km uzoqlikda tugʻilgan Pogbadan boshqa durustrogʻi bormikin?

Yangi bosh murabbiy Tomas Tuxel klub akademiyasi tarbiyalanuvchilariga imkon bermoqda. Pogbaning kelishi barchasini sezilarli yaxshilashi shubhasiz.

Toʻgʻri, u Kante kabi bosiq emas, ammo u yarim himoyada ikki pozitsiyani yopishi mumkin.

Bundan tashqari, “PSJ” dunyoda hukmronlik qilishni maqsad qilgan. 2011-yilda qatarliklar tomonidan sotib olingan Parij klubi Fransiya chegaralaridan uzoqdagi yerlarni ham zabt etmoqchi. Shu maqsadda ular Neymarni olib kelishdi va bu hozircha ish bermoqda.

Ushbu transfer ular qonuniylik va eʼtirfoni taqdim qilishi mumkin. Jahon Chempioni Kilian Mbappe buni ikki karra oshiradi. SportsPro jurnali 2018-yilda eng haridorgir sportchilarning roʻyxatini tuzib chiqdi. Unda Pogba eng yuqori oʻrinda bormoqda, ikkinchida esa Entoni Joshua. Mbappe esa kuchli uchlikda.

“PSJ” bu nuqtai-nazardan dunyodagi eng bozori chaqqon futbolchilarning ikkitasiga ega: Mbappe va 16-oʻrindagi Neymar. Agarda bunga Pogba ham qoʻshiladigan boʻlsa dunyo boʻylab “PSJ” brendi tarqalib ketishi aniq.

“PSJ” yozda moliyaviy feyr-pley qoidalariga qattiq rioya qilishga majbur boʻldi. UYEFA sanksiyalariga tushib qolmaslik uchun byudjetini tartibga solish maqsadida 100 million yevroga yaqin futbolchilarini sotib yubordi.

Gonsalo Gedesh, Xavyer Pastore, Yuri Berchiche, Odson Eduard va Jonatan Ikonelar tark etgan boʻlsa, Motta, Ben Arfa, Krixovyak, Trapp va Lo Chelsolar ijara asosida Fransiya poytaxtini tark etishdi. Bu esa klub gʻaznasiga katta yordam boʻldi.

Ushbu transfer Pogbaga oʻzini koʻrsatish imkonini tugʻdirishi mumkin. “Manchester Yunayted”ga qaytganidan beri Yevropa Ligasi va Liga Kubogini qoʻlga kiritgan yarim himoyachi bir pogʻona yuqoriga qadam qoʻyishi shart.

U unga mos keladigan klubda emas. Buni tushunib yetishi uchun koʻp vaqtini oʻtkazib yuborishi mumkin. U notoʻgʻri ekotizimda ekanligi va bu uning foydasiga ishlamayotgani bor gap.

U “Yuventus” va Fransiya termasida yaxshiroq jamoadoshlar bilan katta ishlarni bajara olishini namoyish qildi. Iqtidor, qobiliyat, sifat bor bu klublarda, ammo “Manchester Yunayted”dagi muhit u uchun emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nega MYU Pogbani “PSJ”ga sotishi kerak?