
“Yuventus” klubi hujumchisi Paulo Dibala jamoadoshi Krishtianu Ronaldu borasida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
“Oʻylaymanki, Madridda «Yuventus”ning “Real” ustidan qozongan gʻalabasi Ronalduning Turinga oʻtishi uchun turtki boʻldi. Oʻsha payt u jamoamizning kuchini sezgan va oʻz tanlovini amalga oshirgan. U juda ham aqlli va oʻzgarishni boshqalardan koʻra tezroq sezadi.
Ronalduda bizni lol qoldirgan narsa shundaki – uning oddiyligi. Agarda siz uni televideniyada yoki ijtimoiy tarmoqlarda koʻrar ekansiz, sizda uning haqida umuman boshqacha tasavvur paydo boʻladi. Lekin u biz kabi odam.
U mashgʻulotlarni juda ham yaxshi oʻtkazadi, har bir mashgʻulotga 100 % kirishadi, lekin barchamiz kabi xazil ham qiladi. U Joau Kanselu ustidan kuladi va uning italiyancha talaffuzi yaxshi boʻlib qolganini aytadi. U biz janubiy amerikaliklar kabi mate ichishni boshladi», - deydi Dibala.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar