
“Real”ning asosiy tarkib futbolchilari Garet Beyl va Karim Benzema Ispaniya chempionatining 8-turi doirasida “Alaves”ga qarshi kechgan va 0:1 hisobidagi magʻlubiyat bilan tugagan uchrashuvni oxirigacha yetkaza olishmadi.
Benzema tanaffusdan keyin maydonga qaytmadi. Unda oʻng oyogʻi bilan muammo yuzaga kelgan. Dushanba kuni u tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
Beyl 80-daqiqada oʻzini yomon his qila boshlagani uchun almashtirildi.
Uelslik bu futbolchi mavsum davomida bungacha ikki marta jarohat tufayli oʻyinlarni oʻtkazib yuborgandi. U sentyabr oyida “Atletik”ka qarshi oʻyinda maydondan olingan va keyingi turda “Espanol”ga qarshi oʻyinda jamoaga yordam bera olmagandi. Sentyabr oyi oxirida “Atletiko”ga qarshi oʻyinda jarohatlangach, oktyabr oyi boshida Chempionlar ligasi doirasida SSKAga qarshi oʻyinda maydonga tushmadi.
Qayd etish kerakki, ayni vaqtda “Real”ning boshqa yetakchilari - Isko, Marselo va Karvaxal ham jarohat tufayli safdan chiqqan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar