Xabaringiz bor, joriy yilning aprel oyida Oʻzbekiston Professional futbol ligasi rahbariyati Madrid shahridagi La Liga qarorgohida boʻlib, tashkilot rahbariyati bilan uchrashgan va uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha kelishuvga erishilgandi.
Shuningdek, oʻsha uchrashuvda La liga rahbariyati oʻzbek futboli rivojiga hissa qoʻshishga, mutaxassislarni Oʻzbekistonga yuborib, turli seminarlar tashkil qilish va tajribalari bilan oʻrtoqlashishga, jamoalar oʻrtasida oʻrtoqlik oʻyinlari tashkil etishga tayyor ekanini maʼlum qilgandi.
Ushbu kelishuvga asosan, joriy yilning 13 oktyabr kuni Ispaniya Primerosida ishtirok etayotgan “Eybar” klubining U-15 jamoasi yurtimizga tashrif buyuradi. 14 oktyabr kuni Azamat Abduraimov boshchiligidagi Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Toshkentda “Eybar” klubining U-15 jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi. Bu haqda OʻFA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Mazkur oʻrtoqlik oʻyini Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi uchun tajriba toʻplab, jamoani shakllantirishga katta yordam berishi shubhasiz. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?