
“Yuventus” klubi yetakchisi Krishtianu Ronaldu hamda Jorjina Rodriges Parijda ajoyib oqshom oʻtkazishdi.
Bu juftlikni Parijdagi eng qimmat - Cesar restoranida koʻrib qolishgan, deb xabar bermoqda Britaniyaning The Sun nashri. Ularni paparassilar restorandan chiqaverishda suratga olishgan.
Eslatib oʻtamiz, Ronaldu ayni paytda nomusga tegishda ayblanmoqda. Bir necha kun avval amerikalik model Ketrin Mayorga portugaliyalik futbolchini 2009 yili oʻziga nisbatan zoʻravonlik ishlatganlikda ayblagan edi.
Aniqrogʻi, Las-Vegas shahrida boʻlib oʻtgan oʻsha voqeadan soʻng Ronaldu qizga jim yurishi uchun pul bergan ekan. Oradan 9 yil oʻtib, Mayorga yana yotgan ilonning boshini qoʻzgʻadi. Futbolchining oʻzi bu ayblovni inkor etmoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar