
Bugun Ektor Kuper boshqaruvidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatarga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Toshkentdagi "Milliy" stadionida kechadigan uchrashuv soat 19:00 da start oladi.
Mazkur jamoalar shu vaqtga qadar turli musobaqa va o‘rtoqlik o‘yinlarida jami 13 marta to‘qnash qelgan. Bu bellashuvlarning aksariyatida vakillarimiz g‘alaba qozonishgan - 8 g‘alaba, 2 durang va 3 mag‘lubiyat. To‘plar nisbatidagi ustunlik ham tabiiyki "oq bo‘rilar" tomonda - 20:13.
Qatar terma jamoasi shu vaqtga qadar yurtimizga 5 marta tashirif buyurishgan va ularning barchasida mag‘lub bo‘lishgan. To‘plar nisbati - 13:2.
Quyida esa mazkur termalarning o‘zaro bo‘lib o‘tgan barcha uchrashuvlarini taqdim etamiz.
Osiyo kubogi-2000. Guruh bosqichi
O‘zbekiston - Qatar 1:1
Gollar: Qosimov (73) - Muhammad Al-Blushi (61)
JCh-2002 saralashining final bosqichi
O‘zbekiston - Qatar 2:1
Gollar: Irismetov (36), Qosimov (50) - Jassim Al-Tammimi (88)
JCh-2002 saralashining final bosqichi
Qatar - O‘zbekiston 2:2
Gollar: Muhammad Al-Enazi (10), Ahmad Hoshim (85) - Qosimov (45), Shirshov (46)
Osiyo kubogi-2007 saralash bosqichi
Qatar - O‘zbekiston 2:1
Gollar: Odil Lami (45+2), Solih Nosir (48) - Bilol Rajab (20 avtogol)
Osiyo kubogi-2007 saralash bosqichi
O‘zbekiston - Qatar 2:0
Gollar: Qosimov (31), Zeytullayev (53)
JCh-2010 saralash bosqichi final raundi
Qatar - O‘zbekiston 3:0
Gollar: Siddiq Majdi (37), Majid Hassan (72), Talal Blushi (89)
JCh-2010 saralash bosqichi final raundi
O‘zbekiston - Qatar 4:0
Gollar: Farhod Tojiyev (34, 45+2, 53), Soliyev (62)
Osiyo kubogi-2011. Guruh bosqichi
Qatar - O‘zbekiston 0:2
Gollar: Ahmedov (59), Server Jeparov (77)
JCh-2014 saralashning final bosqichi
Qatar - O‘zbekiston 0:1
Gol: Tursunov (13)
JCh-2014 saralashning final bosqichi
O‘zbekiston - Qatar 5:1
Gollar: Nasimov (61, 74), Zoteyev (72), Ahmedov (87), Baqoyev (90+1) - Abduqodir Adam (37)
O‘rtoqlik o‘yini
Qatar - O‘zbekiston 3:0
Gollar: Soriya (18), Hasan Haydos (43), Mashal Abdulla (67)
JCh-2018 saralashning final bosqichi
Qatar - O‘zbekiston 0:1
Gol: Krimets (86)
JCh-2018 saralashning final bosqichi
O‘zbekiston - Qatar 1:0
Gol: Ahmedov (66) “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar