“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Barselona”da ishlagan davrini esga oldi va hujumchi Lionel Messi haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. “Barselona”ni sogʻinch bilan eslayman, bu ajoyib tajriba, hayotda bir marta yuz beradigan voqeaga oʻxshash edi.
Messi haqida gapiradigan boʻlsam, u tabiatan odamovi va kurashga chanqoq “vahshiy”. Bu esa uning jamoadoshlariga yanada yaxshiroqoʻynash uchun motivatsiya beradi. Leo magʻlub boʻlishni yomon koʻradi, xuddi yosh boladay oʻynaydi, agar sheriklari unga koʻmaklashsa, oʻyin taqdirini hal qila oladi», - dedi Gvardiola.
Aytgancha, LaLiga rasmiy sayti Ispaniya chempionatining sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomini eʼlon qildi. Ushbu sovrinni “Barselona” hujumchisi Lionel Messi qoʻlga kiritdi. Argentinalik forvard sentyabr oyida LaLiganing 5ta uchrashuvida maydonga tushib, 3ta gol urdi va 4ta golli pas berdi. “Barselona” ushbu 5ta oʻyinning 2tasida gʻalabaga erishdi, 2ta durang qayd etdi va 1ta bahsni magʻlubiyat bilan yakunladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi