Madridning “Real” klubi rahbariyati iste’foga chiqishga juda yaqin turgan bosh murabbiy Xulen Lopetegining o‘rniga yana bir munosib nomzod topib qo‘ydi.
Fichajes.com sayti tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” ushbu lavozimga Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martinesning nomzodini ham ko‘rib chiqishmoqda. “Real” rahbariyatini 45 yoshli mutaxassisning belgiyaliklar bilan erishgan muvaffaqiyatlari qiziqtirib qo‘ygan.
Ma’lumot uchun, Roberto Martines faoliyati davomida shuningdek "Suonsi", "Uigan" va "Everton" kabi klublarni ham boshqargan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Real" ushbu lavozimga italiyalik Antonio Konte bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi