
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourino ingliz klubidagi ishini davom ettirishini aytdi.
Avvalroq, “Real” bosh murabbiy Xulen Lopetegini isteʼfoga chiqarib, oʻrniga Mourinoni taklif qilishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Joze 2010-2013 yillarda “Qirollik klubi”da ishlagan va Ispaniya chempionati, Kubogi va Superkubogida gʻalaba qozongan edi.
“Yoʻq, men «Real”ga qaytmayman. Kelajagim shu yerda, “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomaga egaman. Bu yerda baxtiyorman. Shartnomam oxirigacha klubda qolaman va uni uzaytirishni xohlayman», — deb Mourino soʻzlarini keltirmoqda The Guardian. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar