
«Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Yevropa chempionlar ligasi 3-tur «Shaxtyor» jamoasiga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uchrashuv 23 dan 24 ga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.
«Angliya chempionatidagi startni ijobiy baxolayman. Chempionlar ligasi? Bu yerda ham vaziyatimiz yomon emas. Men «Lion»ga qarshi ilk 45 daqiqadan tashqari barchasidan ko‘nglim to‘q. Biz har kuni futbolchilarimiz mashg‘ulotlardagi mehnatini kuzatib boramiz.
Har qanday murabbiy Fernandino bilan ishlab xursand bo‘ladi. U bilan ishlash – murabbiy va jamoa uchun faqat rohat keltiradi. U o‘yinga bor kuchini beradi.
YeChL da g‘olib bo‘lishga tayyormizmi? Men Barselonada tug‘ilganman va futboldagi ilk qadamlarimni u yerda qo‘yganman. G‘alaba qozonish mening qonimda bor. Futbol bu o‘yin, biz har doim ham yuta olmaymiz. Birgina istakning o‘zi kamlik qiladi. Tajriba va aynan qulay vaziyat ham kerak bo‘ladi. Rostini aytaman, shuning uchun ham biz hozircha tayyor emasligimizni sezyapman. Biz albatta g‘alaba qozonish uchun barcha ishni amalga oshiramiz», - deydi Gvardiola UYeFA rasmiy saytiga.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar