
Yevropa Chempionlar Ligasi 3-turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted» – «Yuventus» uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. «Old Trafford»da bo‘lib o‘tgan o‘yinda turinliklar kichik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Uchrashuvning 17-daqiqasida mehmonlar o‘ng qanotdan hujumga o‘tishdi, Krishtianu Ronalduning uzatgan to‘pi rikoshet orqali Paulo Dibalaga kelib tushdi, argentinalik futbolchi esa to‘pni yaqin masofadan raqib darvozasiga joylab, hisobni ochdi.
Ushbu goldan so‘ng ham «Yuventus»da yana bir nechta imkoniyat yuzaga keldi, biroq De Xeaning mahorati va so‘nggi zarbalardagi noaniqlik hisobning o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymadi.
Shu tariqa, «Yuventus» ketma-ket uchinchi o‘yinni o‘z foydasiga hal qildi va guruhda peshqadam bo‘lib turibdi. Keyingi o‘rinlarda «MYu» (4), «Valensiya» (2) va «Yang Boyz» (1) klublari borishmoqda.
YeChL, 3-tur
Manchester Yunayted (Angliya) – Yuventus (Italiya) 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 17 Dibala.
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Shou, Yang, Lindelef, Matich, Pogba, Mata, Marsyal, Lukaku, Reshford.
Yuventus – Shchensni, Kellini, Aleks Sandro, Joau Kanselu (Duglas Kosta, 87), Bonuchchi, Bentankur, Pyanich, Matyuidi, Kuadrado (Bardzali, 81), Dibala (Bernardeski, 78), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Matyuidi (59), Yang (77), Kellini (82).
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar