
Turinning "Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu aksariyat hollarda jamoaviy suratlar paytida oyoqlari uchida turgan holda, ya’ni o‘z bo‘yini sun’iy ravishda balandlatishga harakat qiladi.
Ta’kidlash kerakki, 33 yoshli portugaliyalik futbolchi avvallari bu ishni “Real”da qilardi, biroq, uning bu odati “Yuventus”ga o‘tgach ham qolmagan ko‘rinadi. Buni joriy hafta “Manchester Yunayted”ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda tushilgan jamoaviy suratdan ham bilib olish mumkin.
Ma’lumot uchun, Ronalduning bo‘yi 185 sm hisoblanadi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar