Angliya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan “Liverpul” – “Kardiff” uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Unda 4:1 hisobi qayd etilib, mersisaydliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yinning ilk daqiqalaridanoq "Liverpul" tashabbusni to‘liqligicha o‘z qo‘liga olib, 10-daqiqadayoq Muhammad Salohning jarima maydonachasi ichida e’tiborli o‘yining samarasi bilan hisobida oldinga chiqib oldi.
Tanaffusdan so‘ng Sadio Mane 66-daqiqada kuchli zarba bilan Eterijni ikkinchi bor ranjitishga muvaffaq bo‘ldi.
E’tiborlisi shundaki, Saloh o‘tgan YeChL o‘yinida "Liverpul" safida barcha musobaqalardagi 50-golini kiritgan bo‘lsa, Mane bu natijani takrorlash uchun yana bitta gol qolli.
Biroq, dastavval Paterson o‘z goli bilan "Kardiff" muxlislarida umid uchqunlarini uyg‘otgan bo‘lsada, 84-daqiqaga kelib Jerdan Shakiri hisobni 3:1 ko‘rinishga olib keldi.
Oradan 3 daqiqa o‘tar-o‘tmas yana yubiley shohidiga aylandik. Sadio Mane uchrashuvdagi ikkinchi golini kiritib, umumiy hisobda to‘plari sonini 50taga yetkazib, tarixdan joy oldi.
Shu tariqa, "Liverpul"da nafaqat g‘alaba, balki qo‘shaloq yubiley.
Angliya Chempionati, 10-tur
Liverpul – Kardiff 4:1 (1:0, 3:1)
Gollar: 1:0 – 10 Saloh, 2:0 – 66 Mane, 2:1 – 77 Paterson, 3:1 – 84 Shakiri, 4:1 – 87 Mane.
Liverpul – Alisson, Lovren, Moreno, Aleksander-Arnold, van Deyk, Veynaldum, Fabino, Lallana (Shakiri, 61), Mane, Saloh, Firmino (Milner, 71).
Kardiff – Eterij, Morrison, Bennett, Manga, Bamba, Rid (Zoxore, 83), Kamarasa, Merfi (Xarris, 74), Gunnarsson (Damur, 73), Xoylett, Paterson.
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda