
Turinning “Yuventus” klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempioanti 10-turidan o‘rni olgan “Real” va “Barselona” o‘rtasidagi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
– “Barselona”ni hurmat qilaman, ammo Madridning “Real” klubi har doim qalbimda qoladi. Umid qilamanki, “Real” bugungi o‘yinda omadga erishadi, – deya Ronalduning so‘zlarini keltiradi AS nashri.
“Barselona” – “Real” uchrashuvi bugun “Nou Kamp”da bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 20:15da boshlanadi.
“Barselona” 18 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida “Atletiko”dan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda. “Real” esa 14 ochko bilan 8-pog‘onani band etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar