
Professional boksda faoliyatini boshlayotgan o‘zbekistonlik bokschi Mahmud G‘oipov o‘zining debyut jangini 10 noyabr kuni o‘tkazadi. Bu haqda sportchining o‘zi Turon24 AA ga ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, sportchi Rossiyaning Yekaterinburg shahrida joylashgan RMK yakkakurashlar akademiyasiga qarashli saroyda debyut jangini o‘tkazadi. Mahmud yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga ko‘tarilishi rejalashtirilgan. Hozircha G‘oipovning raqibi kim bo‘lishi noma’lum bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Mahmud G‘oipov bir necha oydan beri AQShda “Mir boksa“ (World of Boxing“) promouterlik kompaniyasi qo‘l ostida mashg‘ulotlarda ishtirok etib kelmoqda. Sportchi mazkur kompaniya bilan shartnoma imzolagan. 10 noyabrdagi jang ikkala tomon hamkorlikda o‘tkazgan ilk boks jangi bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar