
«Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola 29 oktyabr kuni «Real» ustozi Xulen Lopetegining bo‘shatib yuborilgani haqidagi xabarga o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
«Men futbolning qanday tuzilishga ekanlini bilaman. Biz g‘alaba qozonayotgan ekanmiz, o‘z o‘rinlarimizda qolamiz. G‘alaba bo‘lmagan zahoti, bizni bo‘shatib yuborishadi. Men Xulen uchun afsusdaman, chunki u mening do‘stim. U ajoyib odam.
Yaqin kunlar ichida unga qo‘ng‘iroq qilmoqchiman. Bu futbol, hech kim bunday vaziyatdan qochib qutula olmaydi. Murabbiy yomon natijalar ko‘rsatsa, «Real» yoki «Barselona» kabi katta klublar boshqaruvida qola olmaydi. Unga eng yaxshi tilaklarimni tilayman», - deydi Gvardiola ESPN nashriga.
Lopetegi «Real» klubini yozda qabul qilib olgan edi. «Qirollik klubi» Ispaniya chempionati 10-turidan keyin musobaqa jadvalining 9-pog‘onasida kelmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar